23 Aprel 2024 yil 679

Navoiy viloyati IIB boshligʻi A.D.Tasbayev boshchiligida sohaviy xizmat hududiy boʻlimlar bilan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. 

Navoiy viloyati IIBda vazirlik tomonidan eʼlon qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish  boʻyicha “Dolzarb 10 kunlik”  tadbirlari munosabati bilan xodimlarning xizmat va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishlari, korrupsiyaviy holatlarni oldini olish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ishonchli taʼminlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. Unda viloyat IIB boshligʻi polkovnik A.D.Tasbayev xodimlarni xizmatga masʼuliyat bilan yondashishi, halol va xolis munosabatda boʻlishlari tizim faoliyati rivojining muhim omili ekanligi haqida taʼkidladi.

Shuningdek, yigʻilishda IIV huzuridagi tergov departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari  polkovnik B.O.Jalolov ham ishtirok etib tergovda ochiqlik va shaffovlikni taʼminlash, fuqarolar murojaatlarini tez va sifatli oʻrganish barobarida xolis huquqiy baho berish muhim ekanligi aytib oʻtildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech