27 Mart 2024 yil 2031

Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik A.D.Tasbayev qoʻl jangi sporti bilan shugʻullanayotgan yoshlar bilan uchrashdi

Navoiy viloyati IIB boshligʻi qoʻl jangi federatsiyasining Navoiy viloyat boʻlimiga tashrif buyurdi. Unda xalqaro musobaqalar gʻolibi va sovrindorlari hamda yosh havaskor sportchilar bilan suhbatlashib, sport turnirlari taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi. Soʻng sport maydonchasida yosh sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sport jihozlari bazalari koʻzdan kechirildi.   Shuningdek, murabbiylar jamoasi bilan qoʻl jangining sport olamidagi ahamiyati, mazkur sport bilan shugʻullanuvchilarni qoʻllab quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida suhbatlashdi, yuqori natijalarga erishgan sportchilar kelgusida ichki ishlar organlarida ham xizmat qilish imkoniyatiga ega ekanligi aytib oʻtildi. Mutasaddilar mashgʻulot jarayonini bevosita kuzatib sportchi bolalarga yurtimiz bayrogʻini jahon arenalarida koʻklarga koʻtarishlarida omad va muvaffaqiyat tiladi.




Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech