16 Aprel 2025 yil
881
Navoiy viloyati IIB boshlig‘i Qiziltepa tumanidagi 41-umumta’lim maktabida o‘rganishlar olib bordi
Navoiy viloyat IIB boshlig‘i, tuman IIB va hokimlik mas’ullari Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan Qiziltepa tumanidagi 41-sonli umumta’lim maktabida o‘rganishlar olib borishdi.
O‘rganishlar davomida ta’lim muassasasining umumiy
binosi, sinf xonalari, maxsus va ixtisoslashtirilgan xonalar va sport
maydonining jihozlanish darajasi bilan yaqindan tanishildi. Jarayonda qayd
etilgan kamchiliklar, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tezkor
chora-tadbirlar belgilanib, bajarilishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma va
topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati
IIB Axborot xizmati