Navoiy viloyati IIB boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh Navbahor tumanidagi o‘rganishlari davomida kriminogen vaziyatni yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi
Tobora yaqinlashib kelayotgan qish mavsumini betalofat o‘tkazish, fuqarolarni sifatli energiya ta’minoti bilan ta’minlash hamda hududda olib borilayotgan profilaktik ishlarni o‘rganish maqsadida Navoiy viloyati IIB boshlig‘i Navbahor tumanida bo‘ldi.
Dastlab, “Bolalar fziatriya sihatgohida” va ”Psixatriya xizmati bo‘yicha Navoiy viloyati fililiali”da bo‘lib, isitish tizimi, qozonxonalar va bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga mavsum davrida binolarga issiqlikning uzluksiz yetkazib berish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi ta’kidlanib zarur yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, Boshqarma boshlig‘i tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar faoliyatini o‘rgandi. Aholi gavjum joylar, savdo markazlari hududlarida sergaklikning oshirish, o‘g‘irlik, talonchilik, tan jarohati va yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq holatlarni oldini olishda xizmatga mas’uliyat bilan yondashish kerakligini ta’kidladi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati