4 Iyul 2024 yil 2053

Navoiy viloyati IIB xodimi safdor Ibrohim Latipov Oʻrta Osiyo hamda Oʻzbekiston chempionatida 90kg vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritdi

Joriy yilning 28-30-iyun kunlari Toshkent shahrida Bodibilding sport turi boʻyicha WBPF Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Nufuzli musobaqada dunyoning Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston singari davlaridan sportchilar ishtirok etishdi. Chempionatning yakuniy natijalariga koʻra Navoiy viloyati IIB patrul-post xizmati safdor xodimi Ibrohim Latipov 90 kg va mutloq vazn vazn toifasida raqiblaridan ustun kelib chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Navoiy viloyati IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi safdor I.Latipovning xizmat va sportdagi keyingi faoliyatida ham omad va zafarlar yor boʻlishini tilaydi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech