19 Iyul 2024 yil 1788

Navoiy viloyati IIB xodimalari gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan seminarda faol ishtirok etishdi

Joriy yilning 17-iyul sanasida “Gender tenglikni taʼminlashga oid turli stereotiplarning oldini olish”ga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Navoiy viloyati IIB maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimalari, mazkur mavzu yuzasida chiqishlar bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, ayollarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar boʻyicha maʼlumotlar berish bilan bir qatorda, xotin-qizlarning millat milliy qadriyatlari va mentalitet asosida maʼnaviy, maʼdaniy qiyofasini yaratish uchun zaruriy normalar yuzasidan, hamkor tashkilotlar bilan targʻibot rejalari tuzib olindi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech