31 May 2024 yil 1823

Navoiy viloyati IIB xodimlari va 7532 harbiy qism xizmatchilari “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan tashkil etilgan donorlik aksiyasida faol qatnashdi

Bolaning begonasi boʻlmaydi. Bu murgʻak qalbning shodon kulgisi uchun dunyoni baxshida etsang arziydi. Bir tomchi tomchi qon esa qaysidir bolajon uchun hayotni anglatadi. “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida tashkil etilgan donorlik aksiyasida Navoiy viloyati IIB xodimlari va 7532 Harbiy qism xizmatchilari ham faol ishtirok etishdi. Bu orqali koʻplab bemor bolalar xayotini saqlash uchun oʻz hissalarini qoʻshishdi.

Aksiya doirasida mutaxassislar tomonidan osoyishtalik posbonlari uchun zarur tibbiy tavsiyalar ham berildi. Qaysidir bolajonni sogʻligʻini saqlashga, hayotini uzaytirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan donorlik aksiyasiyasini muntazam olib borish boʻyicha taklif va mulohazalar ham tinglandi.




Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech