11 Iyul 2025 yil 202

Navoiy viloyati IIB xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilik talablari yuzasidan yig‘ilish o'tkazildi

 Navoiy viloyati IIB boshlig‘i huzurida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat IIBning barcha shaxsiy tarkibi, mustaqil boshqarma bo‘lim-sohaviy xizmat rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, shahar-tuman IIB boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari ishtiroki ta’minlandi. Unda kriminogen vaziyatni yaxshilash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar atroflicha tahlil etilib ayrim xodimlarning faoliyati tanqid ostiga olindi. 

 Shuningdek, sarhisob yig‘ilishida xodimlarning jismoniy va jangovar shayligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tashkil etish, xizmat yo‘riqnomasida keltirilgan vazifalarni sidqidildan bajarish lozimligi alohida ta’kidlandi. So‘zga chiqqan mas’ullar tomonidan muhokama etilgan masalalar yuzasidan  xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.  

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech