Navoiy viloyati IIB xodimlari “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida tashkil etilgan donorlik aksiyasida ishtirok etishdi
Ichki ishlar organlarida e’lon qilingan “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, harbiy vatanparvalik va xayriya aksiyalari tashkil etilmoqda. Xususan, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” hamda “Xalqaro donorlar kuni” munosabati bilan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi.
- Kutilmaganda tezkor jarrohlik operatsiyalari, tug‘uruq, avtohalokat va har xil favqulodda vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Shunday holatlarda bemorga qon yetkazib berishdek ezgu ishga hissamiz qo‘shilsa deymiz,-deydi kapitan Boborahim Ismoilov.
Bu kabi tadbirlar kelgusida ham Boshqarmaning quyi tuzilmalari xodimlari bilan tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati