Navoiy viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi ekspertlari tomonidan o‘quvchi-yoshlar uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi ekspertlari tomonidan IIV Navoiy akademik litseyida “Giyohvandlik vositalari va ularning turlari” hamda “Sudga oid avtotexnika ekspertizasi va uning turlari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Unda o‘quvchilarga sudga oid avtotexnika ekspertizasi, giyohvand moddalar ekspertizasi uning turlari, maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berildi. Yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq voqea joyini ko‘zdan kechirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar, jinoyatni “issiq izi”dan fosh etilishini ta’minlashda mutaxassis tomonidan ashyoviy dalillarni qidirib topish va olish bo‘yicha amaliy misollar keltirildi.
Shuningdek, jarayonda o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, ularning nazariy bilimlari mustahkamlandi. Tashkil etilayotgan ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarni Ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqtirish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati