4 Noyabr 2024 yil 2265

Navoiy viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan salomatlik tadbirlari tashkil etilmoqda

Navoiy viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi poliklinikasining psixiatr, nevrolog, funktsional diagnostika va laboratoriya shifokorlari kabi mutaxassislari tomonidan barcha shahar-tuman IIBlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan salomatlik tadbiri tashkil etildi. Uchrashuv davomida "Qandli diabet qanday kasallik?", "Stressning nojo‘ya oqibatlari", "O‘tkir koronar sindrom profilaktikasi", "Piyoda yurishning foydasi", "Zo‘riqishdagi bosh og‘riklar" mavzularida davra suhbatlari o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollariga mutaxassis shifokorlar tomonidan javob berildi. Shuningdek, jarayonda xodimlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi targ‘ibot tadbirlari va tibbiy ko‘riklar osoyishtalik posponlari salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech