Ma’naviyat oyligi munosabati bilan viloyat IIBda xizmat olib borayotgan
ayol xodimlar bilan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, madaniyat ob’yektlariga ekskursiyalar tashkil
etilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyat IIB Tibbiyot bo‘limining ayol xodimalari
uchun viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohati tashkil etildi.
Mazkur muzey 30 yillik tarixga ega. Fondida arxeologiya, numizmatika,
amaliy san’at hamda etnografiyaga oid 25 mingdan ortiq bebaho eksponat
saqlanmoqda. Sayohat davomida xotin-qizlar muzeydagi tarixiy eksponatlarni
tomosha qilish bilan birga, mutaxassislardan ular haqida qiziqarli
ma’lumotlarni ham olishdi.
Bu kabi tadbirlar xodimalarda tarixiy meros va
an’analarga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish hamda Vatanga
munosib farzand bo‘lish hissini ham shakllantiradi.
Navoiy viloyati
IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: