Navoiy viloyati IIB tuzilmalarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar uchun o‘quv amaliyoti tashkil etildi
“Navoiy viloyati ichki ishlar organlari xizmatiga yangidan qabul qilingan profilaktika inspektorlarini Respublika ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yanada kengroq o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi 67-sonli Farmoyishi talablari asosida Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xizmatiga yangi qabul qilingan jami 36 nafar yosh xodimlar bilan 3 kunlik o‘quv mashg‘ulotlari hamda yakuniy muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarning birinchi kuni Nurota, Navbahor va Uchquduq tuman IIBlari, ikkinchi kuni Konimex, Xatirchi va Karmana tuman IIBlari hamda uchinchi kuni Navoiy shahar, Qiziltepa tumani IIBlari va JXX YHXBdan jami 36 nafar yosh xodimlar, ularga biriktirilgan murabbiylar, shuningdek yuqoridagi hududlardagi birinchi rahbarlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari mashg‘ulotlarga jalb qilindi.
Yosh xodimlardan dastlab jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlar qabul qilinib, saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shundan so‘ng kun davomida tasdiqlangan reja asosida boshqarmaning tegishli sohaviy xizmatlaridan boy amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis xodimlari tomonidan yosh xodimlarga nazariy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, yosh xodimlarning bilim saviyasi oshirildi.
O‘quv mashg‘ulotlari yakunlangandan so‘ng har bir yosh xodim va murabbiylari bilan boshqarma boshlig‘ining farmoyishi bilan tasdiqlangan komissiya a’zolari tomonidan suhbat o‘tkazilib, o‘tgan
3 oyda yosh xodimlar tomonidan kasb malakasini egallash darajasi, murabbiy bilan birgalikda amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuq va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari muhokama etildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati