Navoiy viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktika boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalla yettiligi ishtirokida ijtimoiy profilaktika yoʻnalishidagi oʻquv mashgʻulotlari olib borildi
2023-yilning 30-martdagi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori bilan ijtimoiy profilaktika tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Joriy yilning 1-may holati boʻyicha Navoiy viloyati IIB tomonidan huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan hamda huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori shaxslar, yaʼniy ijtimoiy profilaktika obyekti boʻlgan 11 572 nafar shaxslar aniqlanib, ularga mahalla beshligi tomonidan turli yordamlar koʻrsatilishi boʻyicha profilaktika inspektorlari tomonidan xulosalar rasmiylashtirib berildi.
Jumladan, Mahalla raislariga 3 411 ta, yoshlar yetakchilariga 2 190 ta, xotin-qizlar faollariga 2 831 ta va hokim yordamchilariga 3 140 ta xulosalar taqdim etildi.
Mahalla beshliklari tomonidan hozirgi kunga qadar ushbu berilgan xulosalar boʻyicha 4 285 nafar shaxslarni muammolari ijobiy hal etilib, qoʻshma xulosa tuzilgan.
Navoiy viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktika boshqarmasi, ijtimoiy profilaktika boʻlimi xodimlari tomonidan har bir mahallaga borilib, “Ijtimoiy profilaktika” elektron bazasi boʻyicha ishlar ahvoli oʻrganilib, mahalla yettiligi xodimlariga ushbu elektron tizim bilan ishlash, tizimdagi mavjud qoʻlayliklar boʻyicha oʻquv semenarlar tashkil etilib, ulardan ushbu tizimni rivojlantirish boʻyicha taklif mulohazalari olinmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati