24 Iyul 2024 yil 2286

Navoiy viloyati IIBda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida amalga oshirilgan va bajarilishi rejalashtirilgan ishlar boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi

 Navoiy viloyat IIB hamda barcha shahar-tuman mutasaddi rahbarlari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida bajarilgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama etildi. Mazkur oylikda aholi bilan keng qamrovli profilaktik ishlarni olib borish, korxona va tashkilot, taʼlim muassasalari  shuningdek, mahalla yettiligi va hatto imkoniyati cheklangan fuqarolar jamoalarida ham targʻibot-tashviqot tadbirlarini olib borish boʻyicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, sohalar kesimida jurnalist va blogerlar, keng jamoatchilik vakillarini targʻibot ishiga jalb etish va shu orqali kiberjinoyatlardan himoyalanish, xavfsizlik choralarini koʻrish targʻibot taʼsirchanligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.  

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech