1 Iyul 2024 yil 1637

Navoiy viloyati IIBda 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan bir guruh xodimlar ragʻbatlantirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoniga koʻra 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Navoiy viloyati IIB patrul-post xizmati guruhi inspektori safdor Shohruh Oʻktamov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganligi, bu esa sohadagi yuksak muvaffaqiyatlardan biri ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Navoiy viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan, naʼmunali yosh xodimlar vazirlikning koʻkrak nishoni, esdalik qoʻl soati va faxriy yorliqlari hamda turli mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, oʻz xizmat faoliyatlarida yuqori natijalarga erishib, hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan 5 nafar yosh xodimlar boshqarma boshligʻining buyrugʻi bilan bir million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi hamda 8 nafar yosh xodimlarning harakatdagi intizomiy jazolari 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan muddatidan oldin ragʻbatlantirish tariqasida yechildi.

Bu kabi tadbirlar yosh xodimlarga oʻz xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishlarida muhim rahbat boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech