Navoiy viloyati IIBda ayol xodimalarning psixologik holatini yaxshilash maqsadida trening mashgʻuoti tashkil etildi
Navoiy viloyati IIB Tibbiyot boʻlimida faoliyat olib borayotgan ayol xodimalarning psixologik holatini yaxshilash, kasbiy va maishiy stress, charchash va boshqa salbiy ruhiy holatlarni oldini olish maqsadida viloyat IIB Tibbiyot boʻlimi mutaxassis psixologi Gulguna Usmonova tomonidan trening mashgʻuloti tashkil etildi. Unda trening ishtirokchilari kasbiy va maishiy zoʻriqish, charchash shuningdek, salbiy ruhiy holatlarni oldini olish, ruhiy barqarorlikni oshirish, shaxsiy koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha mutaxassis tavsiyalari tinglandi. Bundan tashqari jarayonda tanishuv mashqi, meditatsiya va karaoke usullaridan foydalanildi. Trening soʻnggida ayollar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, shuningdek oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashib, bu kabi mashgʻulotlarini doimiy ravishda oʻtkazish foydali ekanligini taʼkidlashdi. Navoiy viloyati Ichki ishlar organlari xodimalari oʻrtasida salbiy holatlarni oldini olish, ularning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar hududlar boʻylab davom etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati