4 Iyul 2024 yil 1918

Navoiy viloyati IIBda xizmat olib borayotgan xodimalar va IIV Akademiyasi kursant qizlarining xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishlari yuzasidan yigʻilish tashkil etildi 

 Yigʻilish avvalida barcha shahodatlangan xotin-qizlar bilan saf koʻrigi va saf tayyorgarligi mashgʻulotlari oʻtkazildi. Tadbirni Navoiy viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Shokirjon Sadikov kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Soʻngra joriy yilda xotin-qizlarni sport va maʼnaviy-maʼrifiy koʻrik tanlovlarda erishgan natijalari eʼtirof etilib, xizmat intizomini mustahkamlash yoʻnalishida bajarilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchilik muhokama etildi. 

Tadbirda IIB SHXBB Navoiy viloyati boʻyicha boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Axtam Latipov soʻzga chiqib barcha xodimalarni xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozimligi, xizmat intizomiga qatʼiy rioya etishlari, qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish olib bordi. 

Kun tartibiga asosan boshqarmaning psixolog-poligrafologi kapitan  Mavluda Orziyevaning “Ichki ishlar organlari tizimida xotin-qizlarga qoʻyilayotgan soha talablarida psixologik koʻnikmalarning oʻrni” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.

Muxtasar qilib aytganda, xodimalar bilan oʻtkazilgan bu kabi uchrashuvlar ularni xizmat vazifasini toʻla-toʻkis va benuqson bajarishlarida ahamiyatlidir.



Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech