5 Avgust 2025 yil
187
Navoiy viloyati IIBda Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi
IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari tomonidan shahar-tuman IIB boshliqlari va biriktirilgan tezkor hamda profilaktika xizmati xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda ayni kunda keng tarqalib borayotgan kiberjinoyatlarning turlari, fuqarolarni mazkur jinoyat qurboniga aylanmasligi uchun muntazam targ‘ibot tadbirlarini olib borish borasida so‘z yuritildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar yo‘nalishida olib borilayotgan chora-tadbirlar yutuq va kamchiliklar muhokama etildi. Bundan tashqari sun’iy intellektlarning kiberjinoyatlarni sodir etishdagi ahamiyati va uning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati