21 Iyul 2025 yil 148

Navoiy viloyati IIBda IIV Akademiyasining 1-o‘quv kursi kursantlarining o‘quv-tanishuv amaliyoti yakuni bo‘yicha sinov imtihonlari qabul qilindi

 IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 1-o‘quv kursi kursantlari bilan viloyat IIBning sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlarida mutaxassisliklarga muvofiq joriy yilning 23-iyun kunidan 20-iyul kuniga qadar o‘quv-tanishuv amaliyoti tashkil etilgan edi.  

 Amaliyot ichki ishlar organlarida tezkor-qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi, tashkiliy faoliyat, probatsiya faoliyati, xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash, jazoni ijro etish faoliyati va ekspert-kriminalistik faoliyati mutaxassisliklari bo‘yicha tasdiqlangan dastur asosida amalga oshirildi. Amaliyot yakuni munosabati bilan Boshqarmada kursantlar bilan uchrashuv tashkil etilib bajarilgan ishlar tahlil etildi. Jarayonda dasturda ko‘rsatib o‘tilgan barcha tadbirlar to‘liq va yuqori saviyada, qonunchilik va xizmat intizomiga qat’iy rioya etilgan  holda o‘tkazilganligi bo‘yicha hisobot berildi. Yig‘ilish yakunida kursantlardan sinov imtihonlari qabul qilinib baholandi.

 Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech