1 Iyul 2024 yil 1887

Navoiy viloyati IIBda kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar boʻyicha yigʻilish tashkil etildi

Hozirgi rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari asrida, hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan turli xil texnikalarni koʻrishimiz mumkin. Aksariyat hollarda esa moʻmay daromad ilinjida ijtimoiy tarmoqdan firibgarlik maqsadida foydalanuvchilar ham topiladi.

Shu kabi jinoyatlarning oldini olish hamda sohada eʼlon qilingan  “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi – “Cyber-month”da fuqarolarni faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati IIBda tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda IIV Tezkor qidiruv depatamenti Kiberxavfsizlik markazining masʼul xodimlari soʻzga chiqib  jinoyatning mazkur turi boʻyicha fuqarolarni ogohlikka undash, internet firibgarliklarining oldini olish, aniqroq qilib aytganda kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashishda matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillarining alohida oʻrni borligi, joriy kibermadaniyatni yuksaltirish oyligida esa ular hamkorlikni kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, oylik doirasida 13 yoʻnalishdagi kibirjinoyatchilikka qarshi kurashishni targʻib qiluvchi lavhalar, ijod naʼmunalari koʻrik tanlovi oʻtkazilish tartibi va jarayonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech