24 Yanvar 2025 yil 2675

Navoiy viloyati IIBda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari ishtirokida 2024-yil yakuniga bag‘ishlangan sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi

    Navoiy viloyati IIBda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Shokirjon Sadikov raisligida o‘rinbosarlar, sohaviy xizmatlar va shahar-tumanlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari ishtirokida 2024-yil yakuniga bag‘ishlangan sarhisob yig‘ilishi tashkil etildi. 

   Unda so‘zga chiqqan xizmat boshlig‘ining o‘rinbosarlari o‘tgan yilda xodimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yuzasidan ma’ruza qilib, kelgusida bajarilishi lozim chora-tadbirlar rejasinini o‘qib eshittirdi. Bundan tashqari, yig‘ilishda xodimlarning xizmat intizomiga rioya etishi, qonunchilik talablarini bajarishi hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi borasidagi ishlar tanqidiy muhokama etildi.

    Sarhisob yig‘ilishi so‘ngida mas’ullarga bir qator topshiriqlar berilib, ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda axborot berilishi ta’kidlandi.

         Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech