18 Yanvar 2025 yil 464

Navoiy viloyati IIBda “Mobillashib borayotgan tafakkur” mavzusida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi

Ichki ishlar organlari xodimlarini ona-Vatanga va xalqiga sodiq, kasbiga fidoyi, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalashda aynan “Ma’naviyat va ma’rifat darslari”ning o‘rni beqiyos. Shu maqsadda Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida muntazam ravishda dars mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda. 
Navbatdagi dars soati “Mobillashib borayotgan tafakkur” mavzusida o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan mobil texnologiyalarni hayotimizdagi o‘rni, ijobiy va salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar berildi va mobil qurilmalardan foydalanishda ham me’yoriy talablarga qat’iy rioya qilishlari lozimligi ta’kidlandi hamda tavsiyalar berildi. 
Shundan so‘ng yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-yanvardagi ko‘rsatmasi yetkazildi. Boshqarma Axborot xizmati tomonidan, xodimlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi,  tizim faoliyatini OAVda yoritish mexanizmlari, shuningdek, IIO xodimlarining immijini oshirishda va ularing zamonaviy bilimlarini yanada yuksaltirishda ijtimoiy tarmoqlarning  o‘rni, global tarmoq va mobillashuvning ahamiyati haqida nutq so‘zlandi va mavzu doirasida zarur tavsiyalar berildi.
Yangi tayinlangan rahbar xodimlar shaxsiy tarkibga tanishtirildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech