27 May 2024 yil 1502

Navoiy viloyati IIBda oʻtkazilgan navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Kiberxavfsizlik – shaxs va maʼlumot xavfsizligi” mavzusiga bagʻishlandi

Navoiy viloyati IIBda haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan xodimlar ishtirokida navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat soati” boʻlib oʻtdi. Unda barcha sohaviy xizmat va shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi videoselektor tarzida ishtirok etdi.

Dastlab “Kiberxavfsizlik – shaxs va maʼlumot xavfsizligi” mavzusida Navoiy viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik boʻlinmasi boshligʻi katta leytenant Abbos Joʻrayevning maʼruzasi tinglandi. Unda kiberolamda yuz berayotgan yangiliklar, hamda shaxs va maʼlumot xavfsizligi boʻyicha  maʼlumot berildi.

Shuningdek,  masʼul xodimlar soʻzga chiqib Navoiy viloyati “Ishga marhamat” monomarkazida xodimlarning hamda pensionerlarning oila aʻzolarini kasbga oʻqitilishi boʻyicha targʻibot olib bordi.

Shundan soʻng xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.

Tadbir soʻngida lavozimga tayinlanganlar tanishtirilib, bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlari topshirildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech