23 Iyun 2025 yil 706

Navoiy viloyati IIBda uch avlod uchrashuvi tashkil etildi

O‘zaro hamkorlik, doimiy muloqot va tajriba almashuvi barqaror rivojlanish omilidir. Shu nuqtai nazaridan Navoiy viloyati IIB faxriylari, fidoiy xodimlari va IIV Akademiyasining amaliyot o‘tayotgan kursantlari ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv doirasida sohada ko‘p yillar xizmat qilib izat-ikrom bilan nafaqaga kuzatilgan faxriylar so‘z olib xizmat davri xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. 

Shuningdek, yosh ichki ishlar xodimlariga halol bo‘lishlari, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligini ta’kidladilar. 

Bu kabi uchrashuvlar  uch avlod vakillari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech