4 Dekabr 2024 yil 2221

Navoiy viloyati IIBning shahodatlangan ayol xodimalari ishtirokida saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari tashkil etildi

Boshqarmaning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan shahodatlangan xotin-qizlar bilan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Dastlab, yig‘ilishga taklif etilgan barcha shahodatlangan xotin-qizlar bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Shokirjon Sadikov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. 

Boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘z so‘zida bugungi kunda xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor masalalardan biri ekanligi, xotin-qizlar tomonidan respublika miqyosida erishilgan ijobiy natijalarga, xususan intellektual ko‘rik-tanlov va sport musobaqalaridagi yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi.

Bundan tashqari yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi vakili ham so‘z olib, “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” talablariga qat’iy rioya qilishlari, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozimligi, shuningdek,  xotin-qizlar tomonidan qonunbuzish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.

Kun tartibidagi navbatdagi masalaga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya-erkin va farovon hayot garovii!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech