8 Avgust 2024 yil 1808

Navoiy viloyati IIBning mutaxassis psixologlari tomonidan yosh nomzodlar uchun psixofiziologik tekshiruvlar olib borildi

Navoiy viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatidagi mutaxassis psixologlar tomonidan Ichki ishlar organlariga kirish istagini bildirgan nomzodlardan psixologik test sinovlari olish bilan bir qatorda psixofiziologik (poligraf) tekshiruvlari oʻtkazish ishlari olib borilmoqda.

 Nomzodlarni saralash va xodimlarni lavozimlarga tayinlash jarayonlarida olib borilayotgan bu kabi psixologik ishlar,  har bir xodimning psixologik portretlarini yaratish va ruhiy psixologik holatini chuqur oʻrganish, mavjud muammolarni aniqlash va salbiy holatlarni oldini olish  va bartaraf etish mexanizmlari ishlab chiqish hamda psixokorreksion mashgʻulotlar amalga oshirishda oʻz samarasini berib kelmoqda.

 Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech