29 May 2024 yil
1573
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshligʻi oʻrinbosari hamda tuman hokimiyati mutassaddilari tomonidan Qiziltepa tumani Gulzor mahallasidagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor oila xonadonlariga tashrif buyirildi. Ularning holidan xabar olinib, turmush tarzidagi turli xil muammolari va kamchiliklari oʻrganildi. Eng muhimi fuqarolar bu kabi yoʻqlovlardan mamnun ekanligini hamda yurt tinchligi, osoyishtaligi va ravnaqi uchun hamisha duoda ekanligini taʼkidlashdi.
Navoiy
viloyati IIB Axborot xizmati