21 Noyabr 2024 yil 1911

Navoiy viloyati hududiga olib kirilayotgan pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi

Navoiy viloyatida o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida bir qancha qonunchilikka zid holatlar aniqlanmoqda. “Pirotexnika” kuchaytirilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarning navbatdagisi “Samarqand” YPX maskanida bo‘ldi. Yo‘l patrul xizmati inspektorlari hamda Karmana tumani HPB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida “Spark” avtomashinasi to‘xtatib tekshirildi. Mazkur mashina boshqaruvida bo‘lgan 34 yoshli haydovchi yonidan 10 blok 3 quti pirotexnika vositasi borligi va uni viloyat hududiga olib kirayotgani ma'lum bo'ldi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech