5 Noyabr 2025 yil 84

Navoiy viloyatida faoliyat olib borayotgan OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun  Navoiy shahrida joylashgan Yoshlar markazida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” munosabati bilan OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. 

Anjuman davomida axborot maydonida yuzaga kelayotgan zamonaviy tahdidlar, kiberxavfsizlikni ta’minlashda fuqarolarning mas’uliyati va raqamli madaniyatni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.  Viloyat IIB Axborot-texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari  kibermadaniyatni rivojlantirishda faqat texnik bilim emas, balki axloqiy ong va mas’uliyatni ham talab etishini ta’kidladilar. Shuningdek, mazkur oylikda fuqarolar bilan targ‘ibot ishlarini kengroq va samarali tashkil etish, bunda OAV vakillari, korxona va tashkilot matbuoti xodimlari, jurnalist va blogerlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. 

Matbuot anjumani ishtirokchilarining yolg‘on axborot, kiberhujum va nayranglar, shaxsiy ma’lumotlarning muhofazasiga oid savollariga mutaxassislar batafsil javob berishib, ayni paytda ko‘p uchrayotgan kiberjinoyatlarning sodir etilish usullari haqida ma’lumotlar berishdi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech