8 Oktyabr 2024 yil 1063

Navoiy viloyatida IIB xodimlari ishtirokida elektroshok qurilmasidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi

IIV Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi mutaxassis xodimi tomonidan Navoiy viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Patrul-post hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. 

"Maxsus vositalarni qo‘llash, foydalanish va saqlash tartibi" mavzusida olib borilgan o‘quv davomida ayrim turdagi elektroshok vositalari va ulardan foydalanish, quvvatlantirish, qo‘shimcha qurilmalar o‘rnatish usullari va boshqa imkoniyatlari tushuntirildi. 

O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilar elektroshok qurilmasidan foydalanish huquqini beruvchi sertifikatlar uchun sinov imtihonlari topshirishdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech