19 Aprel 2025 yil 4860

Navoiy viloyati IIBda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar o‘tkazildi

 Huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda halollik va shaffoflik muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda, viloyat IIBda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar o‘tkazildi.Tadbirda soha xodimlari bilan qatorda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislar, jamoatchilik kengashi a’zolari ham faol ishtirok etishdi.

 Seminarda so‘zga chiqqanlar ayni paytda korrupsiya illatiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda hamkorlikdagi rejalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarni aniqlash, ularni bartaraf etishdagi samarali yondashuvlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tarzida savol-javob o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: