29 Iyun 2024 yil 1779

Navoiyda 27- iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat IIB Axborot xizmati xodimlari va bir guruh jurnalist, blogerlar taqdirlandi

Hozirgi davrda hayotimizni media olamisiz tasavvur eta olmaymiz. Jamiyatning qay sohasi boʻlmasin unda ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnati bor. 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Navoiy viloyatida ham mazkur soha vakillari sharafiga bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirga viloyat hududida ijod qilib, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan televideniya, radio, bosma nashr xodimlari shuningdek, ijtimoiy tarmoqda faol jurnalist hamda blogerlar taklif etilib ular ishtirokida zakovat intellektual  oʻyini, arqon tortish, shaxmat va shashka musobaqalari hamda osh koʻrik tanlovlari oʻtkazildi. Tadbir munosabati bilan Navoiy viloyati IIB maʼmuriyati tomonidan boshqarmaning Axborot xizmati xodimlari hamda bir guruh OAV vakillari taqdirlandilar. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech