11 Sentyabr 2024 yil 799

Navoiyda 5 mln so‘mlik quvurlarni o‘g‘irlagan shaxsga qonuniy chora ko‘rildi

Xalqimizda “Egri tayoqdan to‘g‘ri soya tushmas” degan naql bor. Nafsining so‘zi bilan ish yuritishga odatlangan karmanalik I.A ham qing‘ir maqsadiga erishish uchun uzoqqa bormadi. Hovlisida qurilish ishlarini olib borayotgan mahalladoshining darvozasi yonidagi quvurlarni olib ketish uchun qulay payt poyladi. Nihoyat uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib bozor narxi 5 mln so‘mlik temir quvurlarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashirindi. 

Xonadon egasining murojaati bilan ishga kirishgan Karmana tumani IIB tezkor-tergov guruhining sa’y harakatlari bilan quvurlarni o‘g‘irlaganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech