11 Avgust 2023 yil 3717

Navoiyda 71 yoshli otaxon oʻz xonadonida giyohvand modda oʻsimligini yetishtirgani aniqlandi

Inson yoshi ulgʻaygan sari koʻp haqiqatlarni anglab, yaxshi yomonni farqiga yeta boshlaydi.  Anchayin hayotiy tajribaga ega boʻlgan yoshi katta otaxonu onaxonlarni biz xayrli ishning boshida koʻrishga odatlanib qolganmiz. Ammo guruch kurmaksiz boʻlmaydi deganlaridek,  nurotalik 71 yoshli A.I oʻzining nopok qilmishlari sabab bugun mahalla-kuy oldida yuzi shuvut boʻldi.

Otaxon “Qora-dori” tadbirida xonadoniga ekilgan 4 tub nasha  sabab qoʻlga olindi. Xonadon egasi zahriqotil oʻsimlikka shunday mehr berganki, uning boʻyi 3 metrdan ortib ketgan. Xolislar ishtirokida hovli ichi tekshirilganda esa yana ikki qopda 7.2kg marixuanna borligi aniqlandi.   

Navoiy viloyati IIB TQX JQB Giyoxvandlik va psixatrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Nurota tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, keksalik va nafaqa gashtini surib, farzandlariga oʻrnak boʻladigan yoshda xotirjam umrguzaronlik qilish oʻrniga, mevali bogʻda oq ajal daraxtiga joy ajratishning oʻzi bir koʻngilsizlik. Daliliy ashyo sifatida olingan oʻsimliklar vaqtida aniqlanmasa edi, qanchadan-qancha insonlar umriga zomin boʻlardi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech