16 Sentyabr 2024 yil 330

Navoiyda chaqalog‘ini 10mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Azaldan ayol nozik hilqat deya sanalgan bo‘lsada, ular sabr-sabot va metin iroda sohibalari deya tan olinadi. Tassufki, ayol nomiga isnod keltirib, arzimagan moddiy boylik ilinjida or-nomusi, qadr-qimmatini oyoq osti qilgan, farzandi uchun narx belgilagan ayrim ayollarning qilmishlari kishini o‘yga toldiradi. Navbahor tumanida yashovchi K.R ham hali chillasi chiqmagan chaqalog‘ini 10 mln so‘mga baholadi. DXX viloyat boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.R chaqalog‘ini qo‘shni mahalladagi Z.Sga 10 mln so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech