5 Iyul 2024 yil 2146

Navoiyda IIB xodimlari endigina oila qurayotgan yoshlar uchun oʻquv mashgʻuloti tashkil etishdi 

 Oila qurish yigit va qizdan bir butunlikni, birgalikdagi masʼuliyatni talab etadi. Unga nafaqat jismonan balki ruhan tayyor boʻlish muhim ahamiyatga ega. Oilaviy ajrimlar va nikohdan keyingi kelishmovchiliklarni oldini olish maqsadida Navoiy viloyati IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar “Yosh oila quruvchilar maktabi”ning  nikohlanuvchi yoshlari bilan uchrashib ular ishtirokida oʻquv mashgʻuloti tashkil etishdi.  Mashgʻulot davomida yoshlarga oila mukaddasligi, mazkur qoʻrgʻonda farovon yashash sirlari, oilaviy munosabatlarda er va xotinning huquqlari, oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni oldini olish, tazyiq va zoʻravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlarga himoya orderlari berish tartibi yuzasidan huquqiy maslahatlar berib oʻtildi.

Bu kabi uchrashuvlar kelgusida oila qurayotgan yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek tinch va totuv hayot kechirishlarida asqotishi shubhasiz.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech