23 Avgust 2024 yil
891
Navoiyda isteʼmolga yaroqsiz 200 kg tuya goʻsht mahsulotlari yoʻq qilindi
Joriy yilning 19-avgust kuni Navoiy viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini tashkil etish guruhi xodimlari hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi masʼullari bilan hamkorlikda isteʼmolga yaroqsiz goʻsht va goʻsht mahsulotlarini aniqlash maqsadida Karmana tumani hududidagi “Samarqand” YPX maskani hamda aylanib oʻtuvchi ichki yoʻllarda reyd tadbirlari oʻtkazildi. Tadbir davomida “Damas” rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilganda uning ichida isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan jami ogʻirligi 200 kg tuya goʻsht mahsulotlari borligi aniqlandi.
Holat boʻyicha avtotransport vositasi haydovchisiga nisbatan chora koʻrilib, tuya goʻshti mahsulotlari tegishli tartibda yoʻq qilindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati