Navoiyda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” munosabati bilan koʻp yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilib nafaqaga chiqqan shuningdek, ayni paytda betobligi va nogironligi boʻlgan faxriylar holidan xabar olindi
Mazkur oylik doirasida nafaqat koʻcha va jamoat joylari, korxona va tashkilot vakillari bilan balki, maʼlum bir sabablarga koʻra uyda qolgan fuqarolar bilan ham uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xususan, respublika targʻibot mobil guruhi hamda Navoiy viloyati IIB Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari tizimda koʻp yillar samarali xizmat qilib ayni paytda nafaqada boʻlgan bir guruh soha faxriylari, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolar xonadonlariga borilib holidan xabar olindi. Fursatdan foydalanib ular bilan ham kiberhujumlar, internet ijtimoiy tarmogʻidagi aldovlar boʻyicha tushuntirishlar olib borildi. Shuningdek, moddiy yordam qilish uchun karta raqamlarini soʻraganlarga shaxsiy maʼlmotlar hamda smslarni taqdim etmaslik uqtirildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati