Navoiyda kinolog xodimlar o'rtasida "Ko‘pkurash" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi
Hududning kriminogen vaziyatini yaxshilash, jinoyat va huquqbuzarliklarni aniqlashda kinologiya xizmatining alohida o‘rni bor. Navoiy viloyati IIB JXX JTSBning kinolog xodimlarining kasb mahorati, bilim, ko'nikma va malakasini oshirish, xizmat itlarining tayyorgarligini yaxshilash maqsadida “Ko‘pkurash” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda Kinologiya bo‘linmasi pitomnigi va joylardagi 1-2-3-4 son guruhlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan ishtirok etishdi. Ishtirokchilar umumiy va maxsus kurs yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan to‘siqlardan o‘tish, uzoq masofaga yugurish, o‘q otish kabi shartlarni bajarishdi.
Yakunda yuqori natija ko‘rsatgan kuchli 3 juftlik nomlari e’lon qilindi hamda ularga musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati