Navoiyda probatsiya nazorati ostidagi xotin-qizlar ishtirokida “Konstitutsiya –erkin va farovon hayot garovi” mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil etildi
Har bir fuqaro o‘zi yashab turgan joyning qonunlarini bilishi, uni hurmat qilishi lozim. Shu maqsadda Navoiy viloyati IIB tomonidan “Konstitutsiya –erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida Probatsiya nazoratidagi xotin-qizlar bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Uchrashuv maqsadiga ko‘ra, xotin-qizlarga yangi tahrirdagi bosh qomusimiz, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aynan xotin-qizlar haq-huquqlariga oid bandlarining mazmun-mohiyati tushuntirilib, Konstitutsiya kitoblari ulashildi.
Jarayonda Boshqarmaning mutaxassis psixologi tomonidan “Men hayotni sevaman” nomli seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur trening davomida nazorat ostidagi xotin-qizlarga ijtimoiy hayotga moslashish, intellektual salohiyatni yuksaltirish, ruhiy zo‘riqish, depressiya va boshqa salbiy ruhiy holatlarni bartaraf etish bilan bog‘liq psixologik tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati