15 Oktyabr 2024 yil 3196

Navoiyda profilaktika kuni doirasida keng qamrovli targ`ibot tadbirlar o‘tkazilmoqda

Navoiy viloyatining barcha shahar-tumanlarida IIB JXX HPB xodimlari tomonidan "Payshanba-huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.  Xususan, tadbir davomida ehtiyojmand, yakka-yolg‘iz fuqarolar holidan xabar olinib, jinoyat sodir etishga moyil, ichkilikka ruju qo‘ygan shaxslar, nizoli oilalar bilan alohida profilaktik suhbatlar olib borilmoqda. Shuningdek ta’lim muassasalarida ham jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, yoshlar ishtirokida ko‘p uchrayotgan kiberjinoyat, o‘g‘irlik va firibgarlik holatlarining oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilyapti. 

Tadbir davomida muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ham ko‘zdan kechirildi. Ijtimoiy muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari amalga oshirildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech