6 Dekabr 2024 yil 1979

Navoiyda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi

Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar, Qo‘riqlash boshqarmalari xodimlari va harbiy qism xizmatchilari ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘yinda faoliyati doirasidagi shuningdek, badiiy o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari asosida tayyorlangan bir-biridan qiziqarli va kishini mantiqiy fikrlashga chorlovchi savollarga tezkorlik bilan javob berib bilim salohiyatlarini namoyon etishdi. 
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rin viloyat Qo‘riqlash boshqarmasiga, 2-o‘rin viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga nasib etdi. "Zakovat" intellektual o‘yinining mutloq birinchiligiga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari munosib ko‘rildi. G'oliblar O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining diplom hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech