30 Aprel 2024 yil 2642

Nurota tumani IIB xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish “Dolzarb 10 kunlik” doirasida tadbir tashkil etildi

Xizmat intizomiga rioya qilish har bir soha xodimining asosiy burchidir. Xodimlarni xizmat yoʻriqnomasida belgilab qoʻyilgan intizom qoidalari va shartlariga soʻzsiz amal qilishi ichki ishlar organlari imijini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.  Xususan, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari hamda Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi viloyat boʻlimi rahbari boshchiligida Nurota tumanida faoliyat olib borayotgan xodimlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Dolzarb 10 kunlik” doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda soʻzga chiqqanlar ona Vatan himoyasiga bel bogʻlab ichki ishlar organlarida xizmat qilishni oʻz oldiga maqsad qilgan har bir xodim sohada oʻrtnatilgan tartib qoida, xizmat intizomi, qonunchilik talablarini qatʼiy bajarishi, shuningdek, korrupsion holatlarga  yoʻl qoʻymasligi taʼkidlandi. Shuningdek, tadbirda soha xodimlari uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish, huquqiy bilimlarni mutassil oshirib borish, fuqarolar bilan munosabatda qonun chegarasidan chiqmaslik kabi masalalarda suhbatlashildi.  

Yigʻilish kun tartibiga koʻra yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda xodimlarni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlagan, toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatib farzandiga ruh bagʻishlagani uchun bir guruh ota-onalarga minnatdorchilik bildirildi. 

Bu kabi uchrashuvlar xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish hamda ular bilan bogʻliq qonun buzilish holatlarini oldni olishda oʻz samarasini koʻrsatishi shubhasiz.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech