7 Iyun 2024 yil 1965

Nurota tumani IIB xodimlari ishtirokida “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom” oyligi doirasida tadbir tashkil etildi

Intizom muvaffaqiyat -garovi. Har bir sohaning rivoji uning ijro intizomiga chambarchas bogʻliq. Nurota tumani IIB xodimlari ishtirokida “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom” oyligi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, korrupsiya, poraxoʻrlik va tamagirlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik, faoliyatda fuqarolar bilan xushmuomala boʻlish shuningdek, xizmat hujjatlarini tartibli saqlash boʻyicha tushuntirishlar olib borildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari avtomashinalarni texnik soz holatda foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma oʻtilib yoʻl harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarishlari uqtirildi. Oylik doirasidagi tadbirlar hududlar boʻylab davom etmoqda.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech