25 Sentyabr 2024 yil 847

Nurota tumanida “Barqaror turmush” oyligi doirasida profilaktik targʻibot ishlari olib borildi

Respublika hududida olib borilayotgan “Barqaror turmush” oyligi davomida mahalla yettiligi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirokida keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etilib, fuqarolarning oila va turmush bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganilmoqda. 

Xususan, Navoiy viloyatining olis Nurota tumanidagi “Mustaqillik” va “Gʻafur Gʻulom” mahallalarida yashovchi ayol-qizlarni ijtimoiy-moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, notinch va nizoli oilalarni o‘rganish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish bo‘yicha mahallabay tizimda ish olib borildi. Jarayonda mahallaning patronaj hamshiralari tomonidan “Ayollar daftari”dagi va nogironligi mavjud xotin-qizlarga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatilib, bepul dori-darmonlar bilan ta’minlandi. Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, yarashtirish choralari ko‘rildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech