10 Oktyabr 2025 yil
338
Nurota tumanida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda viloyat IIB boshlig‘i fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
Qabulda hokimlik, viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi shuningdek, aholiga xizmat ko‘rastuvchi boshqa korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Viloyat IIB boshlig‘i Nurota tumanida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda sud-huquq, ijtimoiy, tibbiy, moddiy yordam masalalari bilan kelgan 10ga yaqin fuqarolar murojaatini tingladi. Aksar muammolar hamkor mutasaddilar bilan birgalikda joyida hal etildi, ba’zilari yuzasidan o‘rganilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati