Nurota tumanida “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi
Nurota tumani hokimligi binosida mahalla yettiligi xodimlariga “Ijtimoiy profilaktika” tizimi borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek elektron platformada ishlash jarayonida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yuzasidan oʻquv seminari tashkil etildi. Unda “Ijtimoiy profilaktika”ning asosiy yoʻnalishlari, bu borada “mahalla beshligi” vakillariga yuklatilgan vazifalar, shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amaliyotga joriy qilinayotgan yangi tizimning dolzarb ahamiyati, aholi bilan manzilli ishlashdan kutilayotgan ijobiy natijalar xususida suhbatlashildi. Seminar jarayonida mahalla yettiligini qiziqtirgan savollarga javob berilib, elektron platformada ishlash tartibi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati