12 Iyul 2024 yil 1609

Olis Zarafshon shahri va Uchquduq tumanida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan xizmat intizomiga rioya qilish boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi

Xizmat intizomi har bir xodim vakolati doirasida bajarishi lozim boʻlgan meʼyoriy talabdir. Uning yuksak darajada bajarilishi soha rivoji uchun muhimdir. Binobarin, Navoiy viloyati IIB maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari tomonidan olis Zarafshon shahri va Uchquduq tumanlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar xizmati oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida individual va jamoaviy tarzda profilaktik suhbatlar tashkil etilib, kasbiy madaniyat, xizmat intizomiga rioya etilishini taʼminlash shuningdek, xodimlar tomonidan qonun buzilish holatlarini oldini olish borasida tushuntirishlar berildi. Aniqlangan baʼzi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berilib, xodimlar tomonidan qatʼiy amal qilinishi lozim qoidalar sanab oʻtildi. Viloyatning olis shahar va tumanlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan tashkil etilgan bu kabi keng qamrovli profilaktik tadbirlar ularning intizomli, vazifasiga nisbatan yanada masʼuliyatli boʻlishida muhim ahamiyat kasb etadi.  


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech