29 Iyul 2024 yil 2211

Gʻozgʻon shahrida probatsiya nazoratidagi shaxslar muammolari oʻrganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.T.Abdullayevning 2024-yil 23-iyul kunidagi farmoyishiga asosan, “Probatsiya oyligi” profilaktik tadbiri doirasida Gʻozgʻon shahrida nazoratdagi shaxslar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuv davomida sektor rahbarlari tomonidan Gʻozgʻon shahar IIB Probatsiya guruhi nazorati ostidagi yoshlarni ijtimoiy-moddiy, huquqiy masalalarini hal qilish chora-tadbirlari koʻrildi. Jarayonda 2 nafar yoshning muammosi ijobiy hal etildi.  Tadbir yakunida mahkumlarga qayta jinoyat sodir etmasliklari, aks holda qonunchilikda ogʻirroq jazo tayinlanishi muqarrar ekanligi taʼkidlandi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech